Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev ishtirokida “Obihayot” mahallasida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan mahalla hududidagi kolodislarning texnik holati, ularni tozalash hamda ta’mirlash, shuningdek, mahalla ichki ko‘chalarini joriy va mukammal ta’mirlash masalalari yuzasidan murojaatlar va
takliflar bildirildi.
 

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mutasaddi tashkilotlar vakillariga mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Ta’kidlanganidek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini topish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash xalq deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1