Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda komissiya aʼzolari, Farg‘ona shahar prokurorining o‘rinbosari R.Ro‘zimatov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlug‘ining birinchi o'rinbosari S.Sadirov ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibida Farg‘ona shahar prokuraturasi hamda IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaror ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlarning axborot va hisobotlari tinglandi.
✅ Xususan, 2026-yilning 1-choragida shahar hududidagi mahallalarda “Xavfsiz hudud”, “Ahil oila”, “Tig‘”, “Davomat” va “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kabi profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.
✅ Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida mahallalarda 500 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etilgan.
Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan hali ham jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik vazifalar belgilab olindi.
🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi
👉 https://t.me/farkengashrasmiy
👉 https://www.facebook.com/share/1NDKSni6Z5/