Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaroI.Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Senatiraisiga yo‘llaganmurojaatlari yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlarini olib bordi.
Uchrashuv davomida fuqaro murojaati atroflicha o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Xususan, “Do‘stlik ” mahallasidayashovchifuqaro I.Xakimovaning murojaatida uy-joyga muxtojligi yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normalar xususida huquqiy tushuntirish berildi.
Boshqafuqarolartomonidanbildirilganmurojaatlarnihal etish bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Bu kabi uchrashuvlar aholi muammolarini bevosita o‘rganish va ularga manzilli yordam ko‘rsatishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda.