✅ Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan V-xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅ Tadbirda Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilarini xalqaro turnirning ochilishi bilan samimiy qutladi. Musobaqalarda Osiyo mamlakatlari va Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar ishtirok etmoqda.