Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tuman Tibbiyot birlashmasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

🗂 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 9-G‘o‘rin – Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov tomonidan Tuman Tibbiyot birlashmasida deputatlik nazorati tadbiri olib borildi.

🔍 O‘rganishlar davomida tibbiyot birlashmasida bemorlarga yaratilgan sharoitlar, davolash jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Shuningdek, aniqlangan mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

✅ Mazkur deputatlik nazorati aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6