Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Sh.Niyozovning 2025-yil davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
🔹Hisobot davomida hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash, noqonuniy chiqindilarni oldini olish, yashil hududlarni kengaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
🔹Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.