Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”

13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida Urganch shahrida umummilliy hashar ishlari faol davom etmoqda. 

Mazkur hasharda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova, shahar hududidagi tashkilot va muassasalar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat joylarini tozalash, daraxtlarga ishlov berish kabi ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Natijada shahar hududlarining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga munosib hissa qo‘shilmoqda. 

Slide 1 of 4