Oqdaryo tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ–298-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi belgilangan mahallalar kesimida hududiy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
🔹Komissiya a’zolari hududiy dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar va mablag‘larning samarali taqsimlanishi bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirdi.
🔹Shuningdek, hududlarda infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔹Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarni tasdiqladi.