Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Muqaddas Atayevaning ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda faol fuqarolik pozitsiyasi yuksak e’tirof etilib, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Mazkur yuksak mukofot – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan fidokorona mehnatning munosib e’tirofidir.
Muqaddas Atayevaga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda kelgusi ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.