Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov tomonidan Kengash tomonidan tasdiqlangan nazorat rejasining 3-bandiga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Urganch shahrida joylashgan ya’ni ilgari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga hozirda esa Urganch davlat universitetiga qarashli qozonxona va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur ishlar hududda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish istiqbolda esa talaba-yoshlarga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.