Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2–Shodlik saylov okrugi deputati Uskanov Jasur Islom o‘g‘li Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) bo‘lib, Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 30-sentyabrdagi 152-son Farmoni ijrosining joylarda bajarilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.

Nazorat jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiyena holati hamda moddiy-texnik ta’minot masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, Farmon ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning amaldagi holati tahlil qilinib, muassasa rahbariyati bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur nazorat ishlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman
Kengashi kotibiyati
 

Slide 1 of 5