Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 13-Adirobod saylov okrugi deputati Keldibekova Sanobar Abduraxmonovna tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud infratuzilma holati, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Adirobod mahallasining “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgani munosabati bilan ushbu dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar, rejalashtirilgan loyihalar va ularning aholi turmush tarziga ijobiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 4