Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Qaror ijrosi amalda
янв.21
“Республика раҳбарларига шаҳар Кенгаши депутати маъруза қилди”
янв.21
Deputat nazorati ostida
янв.21
Deputatlar tomonidan - “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida “kichik yashil bog‘lar” va “mahalliy yashil bog‘lar”ni barpo etish borasidagi ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning axborotlari tinglandi
янв.21
Deputat - Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Deputat - saylovchilar bilan uchrashdi va ularni qiynab kelayotgan muammolarini o'rgandi
янв.21
Анжуманда устувор вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Талабаларнинг конституцион билимлари оширилди
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish kunlari” profilaktik tadbiri
#МУНОСАБАТ

Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan navbatdagi Murojaatnomasida mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalari hamda 2026-yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.

Prezidentimiz yoshlar, taʼlim, sport va ilm-fan sohasidagi yutuqlarga ham toʻxtalib, Oʻzbekiston futbol terma jamoasining ilk bor Jahon chempionatiga yoʻllanma olgani, shaxmat va para-sportdagi tarixiy gʻalabalar mamlakatimiz sport salohiyatining yuksalib borayotganini ta'kidladilar.

Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning nufuzi tobora mustahkamlanib, yurtimiz global muloqot va hamkorlik markaziga aylanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan integratsiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya va boshqa hamkorlar bilan strategik aloqalar yangi bosqichga koʻtarildi.

Davlat rahbari taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida barcha islohotlar inson manfaatlari, mahalla taraqqiyoti va texnologik rivojlanishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputati R.Baltayev