QIZILTEPADA JAMOATCHILIK ESHITUVI
Bugun Qiziltepa tuman hokimligida "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dastur ijrosi yuzasidan Oʻz XDP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasini oshirish, viloyatda ishsizlikni bartaraf etishga qaratilgan deputatlik nazoratini olib borishga bag‘ishlangan jamatchilik eshituvi tashkil etildi. Unda dasturning uchinchi bosqichida amalga oshirilgan ishlar, aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha qilingan chora-tadbirlar xususida partiya viloyat kengashi raisi B.Tashev soʻz yuritdi. Tumanga biriktirilgan masʼullari Davlat Soliq inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi D.Murodov, Suv taʼminoti boʻlimi boshligʻi F.Gʻaniyev, Ichki ishlar tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari T.Azimovlar oʻzlari biriktirilgan hududlarida kambagʻal oilalarga koʻrsatilayotgan yordamlar xususida maʼlumot berdi.