Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, tumani hokimi I.Qarshiboev hamda tuman IIB boshlig‘i J.Xo‘janov Do‘stlik MFY hududida yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va kasb tanlash masalalari, huquqiy tarbiya, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, oliy ta’limga kirish bo‘yicha tavsiyalar hamda oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuv yakuniida
yoshlarga o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yish, ta’lim va mehnat orqali o‘z mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish zarurligi ta’kidlandi.