Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Farg‘ona tumanidagi mas’ullar tomonidan “Deputatlik so‘rov”lari muddatida o‘rganilmoqda.

Farg‘ona tumanidagi mas’ullar tomonidan “Deputatlik so‘rov”lari muddatida o‘rganilmoqda.

  Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayevlar tomonidan tumandagi Oqtepa va Birdamlik MFY hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari yuzasidan qonuniy tarzda o‘rganib, amaliy tarzda yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuman prokurori, sektor rahbari nomiga kiritilgan “Deputatlik so‘rovi” O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonuning 8-moddasi ijrosini e’tiborga olgan holda o‘rganilganligi uchun tuman Kengashi deputatlari nomidan minnatdorchilik bildirib, shu o‘rinda deputat so‘roviga belgilangan vaqtida javob bermaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasi bilan javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish – mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqida yana bir bor ogohlantirib qo‘ysak.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tumani deputatlik guruhi rahbari Ozodaxon Dadajonova

Slide 1 of 1