#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o'rganildi.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida Payariq tumanidagi Darvishiq, Qirqovul va O‘ymovut mahallalari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
O'ymovut mahallasining kirish qismidan boshlab, asosiy yo'lga asfalt qoplamasini yotqizishga start berildi. Ish esa qizg'in pallaga kirgan.
Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida bajarilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|