#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi
🫥Bandixon tumanida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev va Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev “Bektepa” mahallasid bo‘lib, , kriminogen holat va profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.
🫥Tadbir deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi", O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori talablari doirasida o‘tkazildi.
🫥Monitoring jarayonida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalardagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.
🫥O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.