Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati A.Karimov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tumanda jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari, yo‘nalishli transport vositalarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholining kundalik qatnovida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, transport qatnovlari muntazamligini ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!