Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida tuman prokurorining axboroti, Xalq qabulxonasi faoliyatiga oid axborot hamda ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosalari va qarori rasmiylashtirilib, yakuniy ko‘rib chiqish hamda tegishli qarorlar qabul qilish uchun Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritildi.