#deputat_sorovi
#muammolar_etiborda
#haftalik_ish_reja_ijrosi
AHOLI XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tomonidan “Samarqand” MFY Abu Ali ibn Sino ko‘chasida joylashgan 5 ta xonadon hududidan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i tayanch ustunlari bilan bog‘liq muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rovda holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda xonadonlarga xalaqit berayotgan 5 ta elektr tayanch ustunini xavfsiz hududga ko‘chirish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
So‘rovning ko‘rib chiqilishi va amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratiga olinadi.
Aholi manfaatlari va xavfsizligi — doimiy e’tiborda!