Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌#Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

📌#Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

🏛 XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
📅 2026-yil 22-oktabr
🔢 146-ds-468-26-son
🏫 47-SONLI MAKTAB HUDUDIGA 600 METRLIK HIMOYA DEVORI QURISH MASALASI KO‘TARILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sattarova Dinora Jumanazarovna tomonidan maktab o‘quvchilari xavfsizligini ta’minlash va ta’lim muassasasi hududini muhofaza qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatning ma’lum qilishicha, 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi atrofida 600 metr uzunlikdagi himoya devori (to‘siq) qurish zarurati mavjud. Mazkur to‘siq maktab hududiga begona shaxslarning kirib kelishining oldini olish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda maktab hududini obodonlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Sh. Jumaniyozovdan mazkur masalani atroflicha o‘rganib chiqish, asoslantirilgan tushuntirish berish hamda o‘z nuqtayi nazarini bayon etish so‘raldi.
⚖️ Qonunchilik talabiga ko‘ra, deputatlik so‘roviga 10 kun muddat ichida javob berilishi belgilangan.
📞 Bog‘lanish uchun: 97-527-25-70
⚠️ Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmaslik, belgilangan muddatni uzrsiz buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar manfaatlari — bizning ustuvor vazifamiz!
      

Slide 1 of 1