🌿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida!
Tuman 1-son texnikumida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tayyorlangan turli hayvonlar shaklidagi dekorativ bezaklar bilan tanishildi.
Mazkur ishlar Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari B. Baxovadinov va E. Peysenovlar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida yoshlarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda dual ta’lim orqali egallayotgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish va ijodiy salohiyatini rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!