Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Sh.Radjapov nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Qunduzak MFY ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand fuqarolar bilan tizimli ishlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!