Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev tomonidan Nayman mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Tinch va osoyishta mahalla — hamjihatlik va mas’uliyatdan boshlanadi. Shu bois hududlarda huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish muhim vazifalardan biridir.