Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi 57-sessiyasi o‘tkazildi

Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi LVII (ellik yettinchi) sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar,
tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan sessiya ishida muhim ijtimoiy-iqtisodiy
masalalar ko‘rib chiqildi. 

Jumladan:  

O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining
namunaviy reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga
muvofiq, xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining namunaviy reglamentiga o‘zgartish
va qo‘shimcha kiritish haqida; 

2023 yilning
6 oyi davomida odil sudlov faoliyatini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tumani sudi raisi O.Siddiqovning axboroti; 

Rishton tumanlararo
iqtisodiy sudi raisi U.Ergashevning 2023 yil 6 oyi davomida odil sudlovni amalga
oshirish borasida qilingan ishlari yuzasidan axboroti; 

Fuqarolik ishlari
bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi raisi Sh.Axunbayevning 2023 yil 6 oyi davomida
tumanlararo sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlar yuzasidan
axboroti; 

O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining Bag‘dod tumani Xalq qabulxonasi mudiri F.Ochildiyevning
2023 yil 2-choragi davomida tumanda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan
ishlash holati yuzasidan axboroti; 

Bag‘dod tumani
hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosari S.Davlatovning 2023 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha “Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari” doirasida ajratilgan kreditlarni maqsadli yo‘naltirish
doirasida amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hisoboti; 

Bag‘dod tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i F.Mamajonovning 2023 yil 6 oyi davomida tumanda davlat
organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda
hududiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlar holati yuzasidan axboroti; 

O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar
infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori ijrosi bo‘yicha tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari
A.Tojiyevning hisoboti; 

Bag‘dod tumani
mahalliy byudjetining 2023 yil 1-yarimyillik ijrosi hamda jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha
tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Sadriddinovning hisoboti; 

Bag‘dod tumani
tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Sherg‘oziyevning tumanda sog‘liqni saqlash, xususan,
tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamning ko‘rsatilishi yuzasidan
joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti; 

Bag‘dod tumani
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida hamda boshqa
masalalar muhokama qilindi. 

Sessiya yakunida,
kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi.  

Slide 1 of 19