Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
#ekspert_guruhi #Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA BIRLASHAYLIK

“Toza hudud” davlat muassasasi Oltinsoy tuman filialida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining ish rejasiga muvofiq, nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning 17-bandi ijrosini ta’minlash hamda hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish ishlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.

Тadbir yakunida sohada korrupsiyaviy omillarning oldini olish, ish unumdorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5