Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#kuz_qish_masvumiga_tayyorgarlik
#kotibiyat_va_tashkilotlar_hamkorligi

❗️PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov boshchiligida tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududlarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar, ta’lim va tibbiyot muassasalarining mavsumga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining sozligi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholiga qulay sharoit yaratish va kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash.

Slide 1 of 9