Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Aminova saylangan 13-“Misgarlik” saylov okrugi hududidagi “Misgarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda shahar Mahallalar uyushmasi vakili J.Isroilov ham ishtirok etib, oilalarning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishdilar.

Jumladan, Baynalminal ko‘chasidagi 15-uyda istiqomat qiluvchi D.Abdullayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

️Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Shuningdek, fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasi ham ko‘rib chiqilib, ushbu maqsadda tegishli hujjatlar topshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6