Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati M. Xudayberganova tomonidan jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda yo‘l chiptalarini xarid qilish qulayligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida avtobuslarning belgilangan jadval asosida harakatlanishi, bekatlarda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va chiptalarni xarid qilish imkoniyatlari yuzasidan e’tibor qaratildi. Yo‘lovchilar bilan muloqot davomida ular jamoat transportidan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud qulayliklardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Deputatlik o‘rganishidan ko‘zlangan maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini baholash, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashishdan iborat.