Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI VA AVTOMOBIL YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILADI

#19_1_Modda_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI VA AVTOMOBIL YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILADI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib boriladi.

🔺 O‘rganish davomida jamoat transporti qatnovlarining belgilangan jadvalga muvofiqligi, xizmat ko‘rsatish sifati, transport vositalarining texnik holati, moliyalashtirish va tariflar, shuningdek, bekatlar, avtobus yo‘laklari hamda transport infratuzilmasining rivojlanish holati ko‘rib chiqiladi.

📋 Shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari sifati, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarni saqlash, jamoatchilik nazorati hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4