Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI

 Inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash — ijtimoiy siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarning amalda to‘laqonli ishlashini ta’minlash alohida e’tibor talab etadi.
🔵 Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan ijtimoiy yordam, imtiyoz va xizmatlarning o‘z vaqtida, qonuniy va manzilli tarzda yetkazilishi ularning kundalik hayotini yengillashtirish, jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash hamda munosib turmush sharoitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔵 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marxabo Sulxonberdi qizi tomonidan “O‘choq” MFY hududida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Yakubova Dilso‘zning ish faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🔵 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy reyestr bilan ishlash, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Ijtimoiy reyestrda jami 60 nafar fuqaro mavjud bo‘lib, shundan 50 nafariga turli yo‘nalishlarda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.
🔵 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan 1 nafari yangi uy-joy bilan ta’minlangan.
🔵 O‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri — nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ko‘maklarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini ko‘rib chiqish bo‘ldi.
🔵 Chunki har bir imtiyoz ortida insonning huquqi, ehtiyoji va manfaatlari turadi. Belgilangan yengilliklarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘llanilishi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va jamiyatdagi teng imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔵 Ijtimoiy himoya — bu faqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish emas. Bu, avvalo, insonni tinglash, uning muammosini o‘rganish, ehtiyojini aniqlash va amaliy yechim topish demakdir.
🔵 Mahalladagi ijtimoiy xodimlarning faoliyati aynan shu jihatdan muhim bo‘lib, ular aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan bevosita ishlash, muammolarni joyida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
🔵 Deputatlik nazorati esa ushbu jarayonlarning qonuniyligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Fuqarolarga ajratilgan yordam va berilgan imtiyozlar haqiqatan ham ehtiyojmand insonlarga yetib borishi, ularning huquqlari to‘liq ta’minlanishi doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur.
➡️ Har bir inson e’tiborda, har bir murojaat nazoratda, har bir yordam manzilli bo‘lishi kerak!
⚠️ Zero, inson qadri ulug‘langan jamiyatdagina chinakam ijtimoiy adolat va mehr-oqibat muhitini qaror toptirish mumkin.

Slide 1 of 3