Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Bog‘larning holati o'rganildi

Bog‘larning holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman markazida joylashgan Axborot-kutubxona markazi bog‘ining holati o‘rganildi.

🪴O‘rganish davomida bog‘ hududining obodonlashtirilganlik darajasi, mavjud yashil maydonlar, daraxt va manzarali o‘simliklarning holati, hududning tozaligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

🌳Axborot-kutubxona markazi nafaqat kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan maskan, balki aholi, ayniqsa yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham muhim jamoat joyi hisoblanadi. Shu bois uning atrofidagi bog‘ hududini obod va ko‘rkam saqlash katta ahamiyatga ega.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3