Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Deputat so‘roviga javob berildi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi, deputat R.Alijonova tomonidan Marg‘ilon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i F.Xamroqulov nomiga bolalar va o‘smirlarni profilaktik emlash bilan qamrab olish holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Deputat so‘rovida shahar hududida bolalarni profilaktik emlash bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari, belgilangan 95 foizlik mezonning bajarilishi, emlashdan chetda qolayotgan bolalar va buning sabablari, shuningdek, emlash jarayonlarining tashkil etilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur deputat so‘roviga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2026-yil 6-oktabrdagi 522-sonli javob xati bilan batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Unda qayd etilishicha, 2026-yilning 9 oyi davomida Marg‘ilon shahrida reja asosida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar 13 turdagi vaksinalar bilan muntazam emlab borilgan. 1-oktabr holatiga ko‘ra, jami 58 404 nafar bola barcha turdagi vaksinalar bilan emlanib, umumiy qamrov 95 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, yil davomida epidemiologik ko‘rsatmalarga asosan aholini qo‘shimcha emlash tadbirlari ham tashkil etilgan. Jumladan, qizamiq kasalligiga qarshi 8 500 doza, grippga qarshi esa 2 250 doza vaksina olib kelinib, aholini emlashga jalb etilgan.

Tibbiyot xodimlari o‘rtasida qon orqali yuqadigan gepatit B infeksiyasining oldini olish maqsadida qon va qon mahsulotlari bilan bevosita ishlovchi 450 nafar tibbiyot xodimi ro‘yxatga olinib, ularning 3 bosqichda gepatit B ga qarshi emlanishi ta’minlangan.

Qizamiq epidemiyasi yuzaga kelishining oldini olish maqsadida esa shaharning 6 oylikdan 30 yoshgacha bo‘lgan, qizamiqqa qarshi emlanmagan yoki bir marta emlangan kontingenti uchun 2 250 doza vaksina olib kelinib, ommaviy emlash tadbirlari tashkil etilgan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarda ayrim vaksina turlari bo‘yicha emlash qamrovi 95 foizlik ko‘rsatkichdan past bo‘lgani ham ko‘rinadi. Xususan, ayrim yo‘nalishlarda qamrov 77, 83, 84 va 85 foizni tashkil etgan. Bu esa emlashdan chetda qolgan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda belgilangan emlash tadbirlarini to‘liq yakunlash zarurligini ko‘rsatadi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar tibbiyot birlashmasiga 3 oylik va 6 oylik emlash rejalarining bajarilishi bo‘yicha taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, 3 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan ma’muriy jarima chorasi qo‘llangan.

Ayni paytda shahardagi maktablarda 1-sinf va 9-sinf o‘quvchilarini HPV hamda ADS-M vaksinalari bilan emlash tadbirlari ham boshlangan va davom ettirilmoqda.

Deputat R.Alijonovaning mazkur so‘rovi natijasida taqdim etilgan ma’lumotlar bolalar va o‘smirlarni profilaktik emlash bilan qamrab olish holatini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash, emlashdan chetda qolayotgan kontingentni aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni nazorat qilish imkonini berdi.

Deputatlik nazorati — aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning amalda va to‘liq bajarilishini ta’minlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 3