Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag‘och" saylov okrugi deputati Ziyoda Xaydarova hamda "11-Taqachi" saylov okrugi deputati Saodat Dusmuxamedova tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🏢 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tasarrufida bugungi kunda Toshkent shahrida 6 ta, Angren shahrida 1 ta — jami 7 ta talabalar turar joyi faoliyat yuritib, ulardan 3 800 nafardan ziyod talaba foydalanmoqda. Xususan, Uchtepa tumanida joylashgan 6 ta talabalar turar joyida 3 ming nafarga yaqin talaba istiqomat qilmoqda.

🕯 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning yashash sharoitlari, maishiy va ijtimoiy ehtiyojlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yaqindan ko‘rish, mavjud sharoitlarning amaldagi talablar asosida tashkil etilganligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

🤔 O‘rganish davomida talabalar turar joylaridagi yotoqxona xonalari, oshxonalar, kir yuvish va quritish xonalari, yuvinish xonalari, sanitariya-maishiy sharoitlar, dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, talabalarning xavfsizligi, yashash uchun zarur sharoitlar hamda umumiy foydalanish joylarining holatiga e’tibor qaratildi.

🗂 Muloqot davomida talabalarga davlat tomonidan talabalar turar joyidan foydalanish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar va amaldagi tartiblar haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Mazkur tartibga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron tarzda beriladi.

📇 Shuningdek, 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qaror asosida ayrim toifadagi talabalar, xususan, oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan talabalar uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplash mexanizmi belgilangan.

📁 Bundan tashqari, talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan davlat OTM talabalari uchun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qarori bilan ijara huquqi asosida yashashda ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplash tartibi belgilangan. Amaldagi tartibga ko‘ra, Toshkent shahrida qoplab beriladigan qism bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi nazarda tutilgan.

⏫️ Mazkur o‘rganish orqali talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish barobarida, ularning yashash va ta’lim olishi uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar hamda mavjud imkoniyatlardan xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha talabalar turar joylarida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va belgilangan talablar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7