Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya-obodonlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, hudud va uning atrofidagi maydonlarning tozaligi, obodonlashtirilganlik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonidai ayrim hududlarda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududning sanitariya holatini yaxshilash va tozalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda aholi uchun toza, obod va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2