Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Oqtosh mahallasida gastronomik va turizm ko‘chasi tashkil etilmoqda

Oqtosh mahallasida gastronomik va turizm ko‘chasi tashkil etilmoqda
Bugun Senator, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Ermatov “Oqtosh” mahallasida “Drayver loyihalar” dasturi asosida amalga oshirilayotgan gastronomik va turizm ko‘chasi loyihasining qurilish hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
📌 O‘rganish davomida:
Hududda aholi va sayyohlar uchun yaratilayotgan zamonaviy piyodalar yo‘lakchalari, dam olish o‘rindiqlari hamda tungi yoritish tizimlari ko‘zdan kechirildi.
Loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, hudud ko‘rkiga mos keladigan manzarali butalar va yashil maydonlar barpo etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🚀 Ushbu drayver loyihaning ishga tushirilishi nafaqat hudud infratuzilmasini yaxshilashga, balki tumanimizning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5