Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
📌 Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdulaxatova saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida mahalla xotinqizlar faoli G.Bo‘ronova faoliyati o‘rganib chiqildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy muhitni mustahkamlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mavjud masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2