Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
🎁 Mustaqillik bayramiga yana bir munosib tuhfa

«Yangi makon» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham tantanali ravishda ochildi.

Tadbirda tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, mahalla nuroniylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy bog‘cha Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida «Nukus Erkin qurilish» MCHJ tomonidan bunyod etildi. Loyiha qiymati 5,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Shu tariqa, bir kunda tumanda 3 ta yangi bog‘cha foydalanishga topshirilib, bu Mustaqillik bayramiga bolajonlar va ularning ota-onalari uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Slide 1 of 5