Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi amaliy yechim topdi
📌 Bir murojaat — bir oilaga ko‘mak

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jo‘rayev tomonidan fuqarolar qabuli davomida “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Xonkayevaning murojaati o‘rganilib, oilaga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktoriga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Murojaatda oilaning moddiy imkoniyati cheklangani, voyaga yetmagan farzandining ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda ko‘makka ehtiyoj mavjudligi, xususan, o‘quv mebellari va qo‘shimcha ta’lim xarajatlari bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.

🔎 Murojaat o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga asosan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul xodimlari tomonidan fuqaro S. Xonkayeva oilasining ijtimoiy holati atroflicha o‘rganildi hamda oila a’zolari bilan bevosita suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish davomida oilaga avval ham bayramlar arafasida oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, oilaga amaldagi tartiblar asosida mavjud ijtimoiy ko‘mak choralaridan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

🤝 Deputatlik so‘rovi natijasida amaliy yordam belgilandi

Murojaat ijobiy yechim topib, fuqaro uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kiyim-kechak va o‘quv qurollari ajratish yuzasidan ariza kiritildi.

Natijada 14177866-sonli tavsiyanoma shakllantirilib, oilaga 2 million 60 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish tavsiya etildi.

Mazkur holat deputatlik so‘rovining faqat rasmiy murojaat emas, balki fuqarolar muammosini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy natijaga yo‘naltirishning muhim vositasi ekanini ko‘rsatadi.

📍 Maqsad — murojaatni qabul qilish emas, uning yechimiga erishish.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar davom ettirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va qonuniy asosda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ladi.