Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi OLMAZOR DEHQON BOZORIDA NARX-NAVO, MAHSULOTLAR YETARLILIGI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI





🔎 O‘rganish davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, sifati va yetarliligi, savdo rastalarining holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, bozor hududining tozaligi hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyati ham o‘rganilib, go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, sifati va aholiga yetkazib berilishi tahlil qilindi.

🤝 O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati, mas’ul mutasaddilar, tadbirkorlar, sotuvchilar va xaridorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

📌 Yakunda mas’ullarga aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navolar barqarorligini saqlash, savdo madaniyatini yuksaltirish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, savdo rastalari va bozor hududini doimiy toza saqlash hamda mahsulotlarni belgilangan sanitariya me’yorlari asosida saqlash va sotish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi manfaatlari — doimo e’tiborda!

Slide 1 of 4