Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida Xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-Birdamlik saylov okrugidan saylangan deputat B.Rajabovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" MFYda bo‘lib, mahalla Xotin-qizlar faoli ish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–561 va O‘RQ–562-sonli Qonunlari yuzasidan tuzilgan savolnomalar asosida olib borildi. Monitoring davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj va nizoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar holati atroflicha tahlil qilinib, soha mas’uliga tegishli uslubiy va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2