Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 35 yil to‘ldi. O‘tgan davr mobaynida xalqimizning metin irodasi, fidoyiligi va yurtimiz rahbariyati tomonidan olib borilgan oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik va yangilanish ishlari amalga oshirildi.

Mustaqillikning ilk yillarida yurtimiz hayotida qanchadan-qancha qiyinchiliklar bo‘lganini katta avlod vakillari yaxshi eslaydilar. O‘sha davrlarda mamlakatimizda bir haftaga yetar-yetmas un mahsuloti qolgani, do‘konlarda non va non mahsulotlari tanqisligi kuzatilgani, non olish uchun uzun navbatlarda turilgani hali ham yodimizda. Dala ishlariga chiqqan ayollarga kun bo‘yi qilgan mehnati uchun bir buxanka non berilgan holatlarni ham o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganmiz.

Ammo yillar o‘tishi bilan yurtimizning qiyofasi ham, xalqimizning turmush tarzi ham tubdan o‘zgardi. Bugun mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga ega, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topib borayotgan mamlakatdir.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, inson qadrini yuksaltirish, xalq bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar hayotimizda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Rahbarlarning xalq orasiga tushib, aholining dardu tashvishlari bilan yaqindan tanishishi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga intilishi fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va amaliy yordamlar ko‘plab insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatilishi, yoshlarga ta’lim olish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar — bularning barchasi inson manfaati ustuvor bo‘lgan siyosatning amaliy ifodasidir.

Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, quvonarli. Oliy ta’lim olish imkoniyatlarining kengayishi, turli imtiyoz va grantlarning joriy etilishi yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z kelajagini barpo etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Xotin-qizlarning bilim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bunday o‘zgarishlarni hayotimizning deyarli har bir jabhasida ko‘rish mumkin. Shifokorlar, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, nuroniylar va oddiy fuqarolar bilan suhbatlashsangiz, ularning bugungi kundan rozi ekanini, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni qadrlashini his qilish mumkin.

Albatta, har qanday taraqqiyot yo‘lida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘ladi. Lekin eng muhimi — yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgani, inson qadriga e’tibor kuchayib borayotgani, farzandlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilayotganidir.

Mustaqillik — bizga berilgan eng buyuk ne’matlardan biridir. U bizga o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ona tilimiz va milliy o‘zligimizni ulug‘lash, kelajakka ishonch bilan qarash imkonini berdi.

Shunday yurtda yashashning o‘zi katta baxt. Shuning uchun biz, avvalo, tinch va osuda hayotimizga shukr qilishimiz, mustaqilligimizni qadrlashimiz, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga munosib holda yetkazish uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Mustaqillikning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M. To‘ychiyeva. 

Slide 1 of 2