Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
SAKINAXON SAID GAZIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SAKINAXON SAID GAZIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 24-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Sakinaxon Said Gaziyeva O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi majlislar zalida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar va aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — apparat rahbari Sarvarxon Ibroximxonov, Chilonzor tumani hokimligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Sadikov shuningdek tuman Kengashi deputatlari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, saylovchilar, fuqarolar va partiya faollari ishtirok etdi.

🗣 Axborotda qayd etilganidek, 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi o‘tkazilib, ular yakuniga ko‘ra 50 ta Kengash qarori qabul qilingan. Joriy yilning birinchi va ikkinchi choraklari davomida Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.

📨 Xususan, deputat Sakinaxon Said Gaziyeva tomonidan 20 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularda aholini qiynayotgan infratuzilmaviy va kommunal masalalar ko‘tarilgan hamda tegishli tashkilotlardan javoblar olingan.

📍 24-“Olmazor” saylov okrugi tarkibiga Beshyog‘och, Charx Kamolon-1, Chilonzor, Katta Chilonzor-1, Katta Chilonzor-2, Katta Chilonzor-3, Katta Olmazor va Novza mahallalari kiradi.

🛣 Hisobot davrida okrug hududidagi ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha Beshyog‘och mahallasida 500 kv.m, Chilonzor mahallasida 1 270 kv.m, Katta Chilonzor-1 mahallasida 1 120 kv.m, Katta Chilonzor-3 mahallasida 4 000 kv.m, Novza mahallasida esa 2 000 kv.m hududga asfalt qoplamasi yotqizildi.

📝 Mahallalarda sanitariya va obodonlashtirish ishlari doirasida ham katta hajmdagi ishlar bajarilib, okrug tarkibidagi mahallalardan jami 9 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqildi.

🏢 Ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Chilonzor mahallasidagi Nafosat ko‘chasida joylashgan 32-, 33- va 34-sonli uylar, shuningdek Novza mahallasidagi qator ko‘p qavatli uylarning liftlari joriy ta’mirdan chiqarildi.

🔺 Shuningdek, Katta Chilonzor-1, Katta Chilonzor-2, Katta Chilonzor-3 va Novza mahallalaridagi ko‘plab bolalar maydonchalari joriy ta’mirlandi. Bu ishlar hududlarda aholi, ayniqsa bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratishga qaratilgani ta’kidlandi.

🗣 Uchrashuv davomida ichki yo‘llar, liftlar, bolalar maydonchalari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, uy-joy kommunal xizmatlari sifati va hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mas’ullar bilan birgalikda fuqarolarning savol va takliflari tinglanib, ayrim masalalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda deputat Sakinaxon Said Gaziyeva saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, murojaatlarni manzilli o‘rganish va ularning ijrosini deputatlik nazoratida olib borish 24-“Olmazor” saylov okrugidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10