Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — deputatlar nazoratida Qonun ijrosi o‘rganildi

2026-yil 21-avgust kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Nurjanova, kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni talablari asosida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, muassasadagi qulayliklar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Maqsad: nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy xizmatlardan teng va erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹 Asosiy e’tibor: qulay muhit, sifatli tibbiy xizmat va fuqarolar huquqlarini ta’minlash;
🔹 Deputatlik nazorati: aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash.
Inson qadri, huquq va manfaatlari — doimo e’tiborda!

Slide 1 of 2