35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma majlisi davom etmoqda.

Majlis davomida kun tartibidagi uchinchi masala — nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan va davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Akramov Faxriddin Najmiddinovichning hisoboti tinglandi.

Hisobot yuzasidan deputatlar Q. Raxamov va O. Tursunov tomonidan tegishli savollar berilib, mutasaddidan javoblar olindi.

Muhokama davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim, tibbiy va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5