Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#murojaatlar_daftari

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-“Zarbdor” saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oqjar” mahallasifuqarolarini qabul qildi.

Qabulda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning mavjud muammo va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etildi.

Murojaatlar asosan uy-joy kadastri bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘lib, fuqarolarga ushbu masalalarni hal etish tartibi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘rganish va ularning qonuniy hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3