Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “21-Samarqand” saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Saidabod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bag‘dod oilaviy shifokorlik punkti Samarqand filialida deputatga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

🔹 Biriktirilgan aholi qamrovi bo‘yicha 1 nafar oilaviy shifokorga o‘rtacha 1 900 nafar aholi to‘g‘ri kelib, ushbu ko‘rsatkich belgilangan normativga mos keladi.
🔹 Patronaj hamshiralarining xonadonlarga chiqishi tasdiqlangan grafik asosida yo‘lga qo‘yilgan.
🔹 Aholi o‘rtasida yashirin va surunkali kasalliklarni, jumladan qandli diabet, yurak-qon tomir hamda onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida rejalashtirilgan skrining ko‘riklari amalga oshirilmoqda.
🔹 Diabet, gipertoniya, sil, onkologik hamda ruhiy kasalligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlar bepul dori vositalari bilan toʻliq ta'minlanmoqda.
🔹 Homilador ayollar hamda tug‘ish yoshidagi ayollarni yod, foliy kislotasi va temir preparatlari bilan bepul ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
🔹 Shu bilan birga, tibbiyot muassasasining kirish qismida aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hamda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati ko‘rgazmali shaklda joylashtirilmagan.
🔹 Dam olish, bayram kunlari va tungi vaqtlarda shoshilinch hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish mazkur filialda alohida tashkil etilmagan. Bu xizmatlar Bag‘dod oilaviy shifokorlik punkti tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
🔹 Bolalarni emlash va vaksinalarni saqlash bilan bog‘liq ishlar ham mazkur filialda alohida tashkil etilmagan bo‘lib, ushbu xizmatlar tegishli tartibda Bag‘dod oilaviy shifokorlik punktida amalga oshiriladi.

⚠️ O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasasi mas’ullariga bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fuqarolar uchun ko‘rinarli joyga joylashtirish, shuningdek, aholiga tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌 Shuningdek, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik ko‘riklar va skrining tadbirlarini sifatli tashkil etish hamda tibbiy xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha tibbiyot xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5