Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📑 Yig‘ilish kun tartibidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi rahbari M.Djumamuratovaning 2026-yil II choragida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini tinglash masalasi o‘rin oldi.

💬 Hisobot davomida aholining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda jamiyatda ma’rifat va ma’naviyat muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔎 Muhokama jarayonida komissiya a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2