Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova kunlik ish-rejasiga asosan Andijon shahridagi “Barkamol” MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Hududda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida eski poliklinika o‘rnida yangi 6 qavatli zamonaviy poliklinika binosi qurilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi va sifati ko‘zdan kechirilib, loyihada belgilangan muddatlarga rioya etish, binoni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yangi tibbiyot maskani “Barkamol” MFY va unga yondosh hududlarda yashovchi fuqarolarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

“24 tavsiya” doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.